Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy Turkiyaning an’anaviy zaytun yetishtirish sanoati YuNESKO ro’yxatiga kiritilganini ma’lum qildi.
Mehmet Nuri Ersoy ijtimoiy media hisobi orqali tarqatgan xabarida, Afrikaning Kasane shahrida bo’lib o’tgan YuNESKO Hukumatlararo Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish qo’mitasi yig’ilishida Turkiyaning 5 madaniy unsuri muhokama qilinganini bildirdi.
Tabiiy va madaniy qadriyatlarni himoya qilishda yana bir muhim muvaffaqiyatni qo’lga kiritganliklarini ifoda etgan Ersoy, “Turkiyaning an’anaviy zaytun yetishtirish sanoati “YuNESKOning zudlik bilan qo’riqlanishi kerak bo’lgan Nomoddiy madaniy meros ro’yxati”ga ro’yxatiga kiritildi. Yangilari esa yo’lda” deya fikr bildirdi.
Kesaneda bo’lib o’tgan yig’ilishda Turkiyaning yana 4 ta madaniy boyligi muhokama qilingani haqida ma’lumot bergan Ersoy, YuNESKO nomoddiy madaniy meros ro’yxatida eng ko’p madaniy boyliklarni qayd ettirgan davlatlar ro’yxatida Turkiya ikkinchi o’ringa ko’tarilishini bildirdi.
Vazir Ersoy, yig’ilishda muhokama qilinadigan 4 ta elementning kiritilishi ortidan Turkiya ro’yxatidagi nomoddiy madaniy meroslar soni 30 taga yetishini ta’kidladi.
Shunday qilib, asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib kelayotgan daraxtni to’g’ri tekislash usullari, zaytun yig’ish va moyini siqib olish qoidalari kabi zaytun yetishtirish bilan bog’liq ba’zi an’anaviy bilim, ko’nikma va malakalarni tashxis etish zaruriyati to’g’risida fikr yuritildi hamda tavsiyalar berildi.
Madaniyat va turizm vazirligi tadqiqot va ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan hozirgacha YuNESKOning nomoddiy madaniy merosida ro’yxatga olingan elementlar quyidagilardan iborat:
“Mavlaviy samo marosimi”, “Oshiqlik an’anasi”, “Navro’z (ko’p millatli)”, «Karago’z», “An’anaviy davra suhbatlari”, “Qirqpinar yog’li kurash marosimi”, “Alevi-Bektoshiy marosimi: Semah”, “Tantanali Keshkeg’i an’anasi”, “Turk qahva madaniyati va an’anasi”, “Ebru: turk qog’ozini naqshlar bilan bezash san’ati”, “An’anaviy chinnichilik mahorati”, “Yupqa non tayyorlash va baham ko’rish madaniyati (ko’p millatli)”, “Bahor bayrami: Hidrellez”, “Hushtak tili”, “Dada Qo’rqut merosi: dostonchilik madaniyati, xalq ertaklari va musiqasi”, “An’anaviy kamondan otish”, “An’anaviy aql va strategiya o’yini: Mangala”, “Miniatyura san’ati”, «Xattotlik», “Turkiya islom san’atida an’anaviy go’zal yozuv”, “Nasriddin Xo’ja latifalarini aytish an’anasi (askiyachilik)”, “Choy madaniyati: o’zlik, mehmondo’stlik va ijtimoiy hamkorlik ramzi (ko’p millatli)”, “Ipakchilik va to’quvchilik” hamda “An’anaviy toshga ishlov berish san’ati (tosh o’ymakorligi)” va boshqalar.
BO’LIShISh Facebook Twitter AvvalgiIshonib qolmang! Firibgarlar Abdulla Aripovni videotasvirini sun’iy intellekt dastur yordamida soxtalashtirdi (video)KeyingiToshkent viloyatida 34 nafar jinoiy guruh a’zolari asbob-uskunalari bilan birga qo’lga olindi (foto) Navbahor Inomjonova O’XShASh MAQOLALARMUALLIFDAN Bu qiziq O’zbekiston Prezidenti Qirg’iziston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi Bu qiziq Beraman desa hech gap emas! Bu qiziq Telefonni tez-tez tozalash kerak FIKR BILDIRISh Javobni bekor qilish Please enter your comment! Please enter your name here You have entered an incorrect email address! Please enter your email address here
Tavsiya qilamiz Shou biznes Birovning kallasiga kelmaydigan sahnalar… Navbahor Inomjonova — 05.12.2023, 13:42 0