YuNESKO Hukumatlararo qo’mitasining 2023 yil 6 dekabrda bo’lib o’tgan XVIII sessiyasida O’zbekiston muhim muvaffaqiyatni qo’lga kiritdi: bir vaqtning o’zida uchta nominatsiya Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro’yxatiga kiritildi.
“O’zbekistonda kulolchilik san’ati” nomzodlik to’plami baholash komissiyasining eng yuksak olqishiga sazovor bo’ldi. Bu hunarmandchilikning chuqur tarixi, kulolchilik sohasidagi bilimlarni bezavol yetkazish hamda ushbu san’at turini asrab-avaylashda yoshlarning faol ishtirokiga urg’u beradi.
Eron, Ozarbayjon, Tojikiston va Turkiya hamkorligida “Bezak san’ati: naqqoshlik”, “Iftor va uning ijtimoiy-madaniy an’analari” nominatsiyalari taqdim etildi.
Yangi nominatsiyalar sharofati bilan O’zbekiston bashariyat tamadduni uchun ahamiyati e’tirof etilgan 15 ta nomoddiy meros YuNESKO muhofazasida ekanidan faxrlanadi. Bu boy madaniy merosni xalqaro darajada targ’ib etish va himoya qilishda muhim qadamdir, deyiladi Madaniyat va san’atni rivojlantirish agentligi xabarida.
BO’LIShISh Facebook Twitter AvvalgiBugundan Qashqadaryoda ham metan gaz «zapravka»larga cheklov kiritildi Behruz Hayitov O’XShASh MAQOLALARMUALLIFDAN Bu qiziq Turkiyaning an’anaviy zaytun yetishtirish sanoati YuNESKO ro’yxatiga kiritildi Bu qiziq O’zbekiston Prezidenti Qirg’iziston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi Bu qiziq Beraman desa hech gap emas! FIKR BILDIRISh Javobni bekor qilish Please enter your comment! Please enter your name here You have entered an incorrect email address! Please enter your email address here
Tavsiya qilamiz Jinoyat va jazo Toshkentda maktab hududidan 44 yoshli ayolning murdasi topildi Navbahor Inomjonova — 04.12.2023, 12:07 0