TURKIYaNING 12 MINGGA YaQIN O'SIMLIK TURIGA EGA BOY FLORASI BOTANIKA IXLOSMANDLARINI KUTMOQDA

Turkiyaning boy florasi ham professional, ham havaskor botaniklar uchun xazinaning o’zginasi. 12 000 ga yaqin o’simlik turlari mavjud bo’lgan Turkiya florasi havaskor va professional botaniklar uchun juda kerakli manba hisoblanadi. Mamlakatda butun Yevropa qit’asi bilan taqqoslanadigan darajada o’simlik turlari xilma-xilligi mavjud.
Ma’lumki Turkiya, Yevropa-Sibir, O’rta yer dengizi va Eron-Turon mintaqalarini o’z ichiga oladigan uch xil o’simlik geografiyasiga ega dunyodagi yagona davlatdir. Turkiyadagi o’simliklarning 3500 dan ortig’i (30%) endemik hisoblanib, bu yerda shuningdek 2300 dan ortiq qo’ziqorin turlari ham uchraydi.
Tabiatni sevuvchi sayohatchilar Turkiyaning boy florasini mamlakatning tabiiy landshaftlari, milliy va botanika bog’lari orqali nodir geografik hususiyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lishlari mumkin.
Turkiyaning noyob flora va faunasini kuzatish va ular haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lish uchun – 46 ta milliy bog’, 259 ta tabiat bog’i, 31 ta qo’riqxona hududi, 114 ta tabiiy zona va 85 ta yovvoyi tabiatni rivojlantirish zonalari mavjud.
Ig’neada milliy bog’i
Turkiya shimoli-g’arbidagi Qirqlarelidan 97 kilometr uzoqlikda joylashgan Ig’neadagi milliy bog’ 3155 gektar maydonni egallaydi. Boy biologik xilma-xillikga ega Ig’neada tekis o’rmonlar, botqoqliklar, chuchuk suvli ko’llar va qirg’oqlarini o’z ichiga olgan noyob ekotizimlardan biri hisoblanadi.
2007 yilda milliy bog’ deb e’lon qilingan va 472 xil o’simlik turiga ega mintaqada, shuningdek Saka ko’li, Deniz ko’li, Hamam ko’li, Pedina ko’li, Mert ko’li, Erikli ko’li kabi ko’llar tizimini o’z ichiga oladi.
Tabiat mo»jizalarini suratlarga muxrlaydigan botaniklar uchun ko’zni qamashtiruvchi landshaftlar, shuningdek, qorabaklan qushi, oq dumli burgutlar, mayda kerkenezlar va mayda yashil o’rmon qushlari kabi jami 194 turdagi qushlarni uchratish mumkin bo’lgan İg’neada qushlarni ham kuzatish mumkin bo’lgan markaz hisoblanadi. U yerda o’z chodiringizni qurib, tabiat bilan hamnafas bo’lishingiz mumkin.
Tuz ko’li havzasi
Tuz ko’li Turkiyadagi ikkinchi yirik ko’l va dunyodagi eng katta sho’rlangan ko’llardan biri hisoblanadi. Bu flamingolar ko’payadigan kam sonli hududlardan biri bo’lib, har yili bu yerda o’rtacha 10 000 ta flamingo dunyo yuzini ko’radi. Ko’lning suv harorati va iqlim sharoiti maqbul bo’lganda, tuxumdan chiqadigan polaponlar soni 20 000 ga yetadi, bu dunyodagi eng katta ko’rsatkichlardan biridir.
Yaqin vaqtgacha bu g’ayrioddiy ko’l faqat sho’rlanish darajasi bilan mashhur bo’lib, qaldirg’och va yovvoyi g’oz kabi boshqa ko’chmanchi qushlar uchun yashash joyi sifatida tanilgan edi. Ammo 2020 yilda bir guruh turk olimlari Tuz ko’lida 72 xil noyob endemik o’simlik turlarini aniqlagach, ushbu kashfiyot ilm-fan olamida katta shov-shuvga sabab bo’ldi va endilikda Tuz ko’li botanika ixlosmandlari va qushlarni kuzatuvchilarni ham o’ziga jalb qilmoqda. Ko’l odatda juda sayoz bo’lib, uning mo»jizaviy ko’rinishi, o’simlik va hayvonot dunyosi qiziquvchilari uchun suratga olish imkoniyatlarini taqdim etadi. Yaqin vaqtgacha bu g’ayrioddiy ko’l faqat sho’rlanish darajasi bilan mashhur bo’lib, qaldirg’och va yovvoyi g’oz kabi boshqa ko’chmanchi qushlar uchun yashash joyi sifatida tanilgan edi. Ammo 2020 yilda bir guruh turk olimlari Tuz ko’lida 72 xil noyob endemik o’simlik turlarini aniqlagach, ushbu kashfiyot ilm-fan olamida katta shov-shuvga sabab bo’ldi va endilikda Tuz ko’li botanika ixlosmandlari va qushlarni kuzatuvchilarni ham o’ziga jalb qilmoqda. Ko’l odatda juda sayoz bo’lib, uning mo»jizaviy ko’rinishi, o’simlik va hayvonot dunyosi qiziquvchilari uchun suratga olish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Otaturk dendroparki
1949 yilda asos solingan va Mustafo Kamol Otaturk tavalludining 100 yilligini nishonlash doirasida 1982 yilda Otaturk dendroparki nomini olgan bu tabiat jannati Istanbulning eng yashil tumanlaridan biri, Belgrad o’rmoniga tutash bo’lgan Sarierda joylashgan.

Uch ming kvadrat metr maydonni egallagan Otaturk dendroparkida 2000 dan ortiq mahalliy va ekzotik o’simlik turlari, shuningdek, o’rdak va oqqushlar yashaydigan uchta ko’l va minglab daraxtlar, jumladan eman, archa, qizil daraxt, alder va chinorlar o’sadi. Istanbul universiteti o’rmon xo’jaligi fakultetiga qarashli Otaturk dendroparkiga dushanbadan tashqari har kuni tashrif buyurish mumkin.
Gaziantep botanika bog’i
2009 yilda 17 ming kvadrat metr maydonda tashkil etilgan Gaziantep botanika bog’i Gaziantepdagi birinchi botanika bog’I hisoblanadi. Mamlakatdagi yo’qolib borayotgan o’simliklar kolleksiyasini tashkil etuvchi ushbu yam-yashil hududda turli darajadagi o’simlik turlarini o’quvchilarga tanishtirish bo’yicha turli treninglar tashkil etilmoqda.
Bu mashhur bog’ orqali botanika ixlosmandlari nafaqat g’ayrioddiy o’simliklarni kashf etishlari, balki Turkiyaning o’ziga xos o’simliklari haqida ham ma’lumot olishlari mumkin bo’lgan markazdir.