Turkiyada zilziladan qutqarilgan chaqaloq ikki yarim oydan keyin onasi bilan uchrashdi

Turkiya janubida sodir bo’lgan dahshatli zilzila paytida vayronalar ostidan qutqarib olingan chaqaloq 54 kundan so’ng onasi bilan qayta topishdi, deya xabar bermoqda Anadolu.

Shifokorlar Gizem (sir degan ma’noni anglatadi) degan ism bergan uch yarim oylik chaqaloq Vetin Begdash 6 fevral kuni Hatay viloyatida sodir bo’lgan zilziladan 128 soat o’tib tirik holda topilgan edi.

Shundan so’ng u zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan va uning sog’lom ekanligi tasdiqlangach, Ankara kasalxonasiga o’tkazilgan.

Oila va Ijtimoiy Xizmatlar Vaziri Derya Yanik chaqaloqni onasi Yasemin Begdash davolanayotgan Adana viloyatiga olib bordi va ikkalasi bilan uchrashdi.

Ona va chaqaloq uchrashgan payt juda ta’sirli edi.

Chaqaloq va onaning bir-biriga qarindoshligi DNK testi bilan isbotlangan.

Zilzila oqibatida vafot etgan 50 mingdan ortiq odamlar orasida chaqaloqning otasi va ikki ukasi ham bo’lgan.

«Bu chaqaloq haqiqatan ham ajoyib. Odatdagidek, uning tirik qolganidan, sog’lig’iga hech qanday zarar kelmagnidan hayratlanib, xursand bo’ldik. Bu haqiqatan ham biz uchun sirli holat. Gizem endi bizning ham chaqalog’imiz. Onaning farzandi bilan uchrashishi dunyodagi eng ezgu ishlardan biridir. Bu quvonchni baham ko’rganimizdan minnatdorman. Ollohim uzoq va baxtli umr bersin, bir-birlaridan hech qachon ajralmasin», – dedi vazir. Shuningdek u, davlat ushbu oilani doimo qo’llab-quvvatlashini ta’kidladi.