Nokia kompaniyasi NASAning Artemida missiyasi doirasida Oyga 4G mobil tarmog’ini joylashtirish rejasini e’lon qildi.
Buning uchun uskunalar yaqin oylarda SpaceX kosmik kemasi tomonidan Yer sun’iy yo’ldoshiga yetkaziladi.
Finlyandiya telekommunikatsiya kompaniyasi uch yil avval Oyda LTE uyali aloqa tarmog’i yaratilishini e’lon qilgandi, biroq bu yo’nalishdagi ishlar biroz kechikib ketgan edi.
Nokia kompaniyasi NASA bilan 14 million dollardan ortiq shartnoma tuzgan.
Dastlab Sheklton kraterida o’rnatilgan uyali tarmoq signal barqarorligi va ishonchliligini ta’minlaydi va radioaloqadan voz kechishga imkon beradi, dedi kompaniya.
Muhandislarning fikricha, Oyga yetkazilgandan so’ng tarmoq avtomatik tarzda o’rnatiladi va qo’nish moduli va yer sun’iy yo’ldoshi sirtini tadqiq etayotgan uchuvchisiz transport vositasi o’rtasidagi aloqani ta’minlaydi.
AQSh Oy bazasi mavjudligini ta’minlash uchun mobil aloqa tarmog’ini yaratish bo’yicha ishlarga 2028 yilda kirishadi, deb xabar beradi aif.ru.