Messining «PSJ»ga safari tugamoqda

Argentinalik hujumchi Lionel Messi joriy mavsum oxirida parijliklar safini tark etishi mumkin, deb xabar beradi Ge.globo LʼÉquipe nashriga tayanib.

Manbaga ko’ra, argentinalik futbolchi maoshini qisqartirishga rozi bo’lsagina parijliklar tarkibida qolishi mumkin.

Qayd etilishicha, Messining otasi va «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi shartnomani uzaytirish shartlari bo’yicha kelishib olishga harakat qilgan, biroq hozirgacha bo’lgan urinishlarning barchasi omadsiz yakunlandi.

Messi “Barselona” qaytish ehtimolini ko’rib chiqmoqda, biroq hali Kataloniya klubi argentinalik hujumchi uchun «PSJ»ga hali rasmiy taklif bilan chiqmagan.

Messi joriy mavsumda «PSJ» safida 24 ta o’yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.