Suv ostiga g’arq bo’lgan kemalar va o’tmish sirlarini saqlovchi dengiz osti hayotidan voqif bo’lishni istasangiz atrofi uchta dengiz bilan o’ralgan Turkiyaga sayohat qiling dengiz tubiga sho’ng’ib, suv osti dunyosini tomosha qiling.
Turkiyaning Egey va O’rta yer dengizi sohillarida joylashgan dunyoning eng hayratlanarli sho’ng’ish (diving) nuqtalarida iyun-sentyabr oylarida suv harorati 21°S dan yuqori bo’lgan va ko’rish imkoniyati 20-40 metr orasida bo’lgan suv osti sarguzashtlaridan bahramand bo’lishingiz mumkin.
Turkiyaning aksariyat sho’ng’ish hududlarida sho’ng’ishni o’rgatuvchi maktablar va kurslar, shuningdek, tajribali sho’ng’ish bo’yicha murabbiylar faoliyat olib boradi.
O’rta yer dengizidagi sehrli suv osti dunyosiga sho’ng’ing
O’zining doimo toza tutuluvchi plyajlari, moviy dengizi va afsonaviy ko’ngilochar tadbirlari bilan mashhur Turkiyaning O’rta yer dengizi sohilida ko’zni qamashtiruvchi va rangbarang dengiz mo»jizalaridan bahramand bo’lishingiz mumkin.
Turkiyadagi eng mashhur sho’ngish manzillaridan biri hisoblangan Antaliyaning Kash tumanida o’ttizga yaqin sho’ng’ish markazlari faoliyat olib boradi. Uning qirg’oqlarida Kalkan va Pataragacha sho’g’ishning turli usullarini sinab ko’rishingiz mumkin. Baliqlar, dengiz o’tlari, marjonlar va suv osti kanyonlarini ko’rish uchun eng munosib joy hisoblangan Kashning moviy suvlari sho’ng’ishni sevuvchilarga tabiatning ajoyibotlaridan bahramand bo’lish imkoniyatini taqdim etadi.
Kash o’zining ajoyib dengiz hayotidan tashqari, cho’kib ketgan kema va halokatga uchragan samolyot qoldiqlarini tomosha qilish bilan ham ajralib turadi. Kash suvlari o’tmishda cho’kib ketgan Usmonli kemasini kashf qilish imkoniyatini beradi.
Sho’ng’ishni sevuvchilar orasida eng mashhur joylardan biri Dakota harbiy samolyoti halokatga uchragan joy hisoblanadi. Hozirda suv o’tlari bilan qoplangan Dakota harbiy transport samolyoti suv ostini suratga oluvchilarni qiziqtirmay qolmaydi. Antaliyaning sharqidagi Alaniyada barcha darajadagi sho’ng’ishni sevuvchilar uchun mos sho’ng’ish joylari toppish mumkinligi bilan ajralib turadi.
Alaniya bandargohiga 5 daqiqalik suzish masofasida joylashgan Akvarium, hududdagi eng qiziqartli sho’ng’ish joylaridan biri hisoblanadi. Bu yerda dengizning chuqurligi 4 metrdan 25 metrgacha bo’lib, bu yer asosan sho’ng’ish o’quv mashg’ulotlari maqsadida foydalaniladi.
Chuqurligi 10 dan 32 metrgacha bo’lgan Qaroqchilar g’ori (Korsan Mağarası) ochiq va katta g’or bo’lib, g’or ichida g’avvoslar ko’tarilishlari va chiroqlardan foydalanishlari, ko’rshapalaklarni kuzatishlari, shuningdek, 25 metr chuqurlikdagi halokat qoldiqlarini kuzatishlari mumkin.
Egey dengizida delfinlar bilan suzing
Bodrum, Dacha va Marmaris o’zining tabiiy muhiti, mehmondo’st insonlari va mazali taomlari tufayli Turkiyaning eng mashhur turizm shaharlari qatoriga kiradi. Ularning barchasi dengiz tubiga ajoyib sho’ng’ish joylarini taklif qiladi.
Bodrumning go’zal qo’ltiqlarida ajoyib dengiz jonzotlari, jumladan stingrays, barrasuda, orkinos, moray ilonbalığı va sakkizoyoq kabi jonzotlarning yashashi, shuningdek turli dengiz o’tlarining o’sishi bilan mahshur. Bodrum va Qora orol o’rtasidagi atigi 200 metr masofada joylashgan ikkita sho’ng’ish mintaqasi suzuvchilarga noyob tabiiy go’zalliklarni taqdim etadi.
Dacha Turkiyaning dengiz toshbaqalarini eng ko’p uchratishingiz mumkin bo’lgan joy bo’lib, bu yerda shuningdek g’avvoslar delfinlar bilan yonma yon suzish imkoniyatidan bahramand bo’lishlari mumkin.
Ajoyib manzaraga ega, g’avvoslarning sevimli joylaridan biri bo’lgan Marmaris qirg’oqlari esa, qayiqda suzish va tungi sho’ng’ish uchun ideal joy hisoblanadi. Marmarisdagi ko’plab sho’ng’ish maktablarida tungi sho’ng’ish uchun maxsus kurslari o’tkaziladi. Hududning dengiz landshafti suv osti qoyalarini, rang-barang baliqlar va qadimgi amforalarni o’z ichiga oladi.
Kadirga, Marmarisdagi eng mashhur sho’ng’ish joylaridan biri bo’lib, bu yerda Kadirga ko’rfazi joylashgan. Amfora maydonidan tashqari, 15 metr chuqurlikdagi ellinistik davrga oid kema qoldiqlari ham dengiz fotograflarini o’ziga jalb qiladi.
Chanoqqal’ada tarix qa’riga sho’ng’ing
Egey va Marmara dengizlari tutashgan nuqtada joylashgan va Birinchi jahon urushining eng qaqshatgish jang sahnalariga guvox bo’lgan Chanoqqal’a, tarixni sevuvchi g’avvoslar uchun xazinaning o’zginasi. Chanoqqal’a dengiz tubi hayoti va ko’plab cho’kib ketgan kema qoldiqlari uchraydigan Gelibolu yarim oroli, so’ng’ishni sevuvchilarga bir paytning o’zida tarix sirlari va tabiatning go’zalliklarini tomosha qilish imkoniyatini beradi.
Gelibolu yarim oroli va Chanoqqal’a atrofida 216 ta kema halokatga uchragan. Jahon tarixini shakllantirgan jangda qatnashgan ushbu kemalardan 14 tasi 2021 yil oxirida sho’ng’ish uchun ochilgan Gallipoli tarixiy suv osti parkida joylashgan.