Turkiya, dunyoda uy to’qimachiligi eng rivojlangan kuchli davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakat uy tekstili sektorining umumiy hajmi 13 milliard dollarni tashkil etadi.
Zamonaviy va an’anaviy uy to’qimachilik ishlab chiqarish korxonalarining aksariyati G’arbiy va Markaziy Anadoluda joylashgan bo’lib, bu ishlab chiqarish korxonalarida xom ashyodan tortib ishlab chiqarish texnikasigacha, mashinasozlikdan tortib ishchi kuchigacha bo’lgan ko’plab mahalliy xom ashyo va uskunalar ishlatiladi.
Bu yerda ishlab chiqarilgan to’qimachilik mahsulotlari mamlakat ichki bozor bilan cheklanib qolmay, dunyoning ko’plab davlatlariga eksport qilinadi.
Turk uy to’qimachilik sektorining mahsulot ishlab chiqarish yillik ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
Sochiq va xalatlar ishlab chiqarish 2,3 milliard dollar;
Choyshab, sochiq va xalat kabi yotoqxona to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,6 milliard dollar;
Parda va parda mahsulotlari ishlab chiqarish 1,5 milliard dollar;
Ko’rpalar, stol choyshablari va qo’lda ishlangan to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,1 milliard dollar.
Turkiyaning 13 milliard dollarlik uy tekstili sektorining qariyb 30 foizini import mahsulotlari tashkil etadi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Turkiyada 500 mingdan ortiq kishini ish bilan ta’minlagan uy to’qimachilik sanoati, Istanbul, Izmir, Bursa, Tekirdag, Denizli, Ushak kabi shaharlarda keng joylashgan.
Sochiq va xalat ishlab chiqarishda Turkiya, dunyoning eng ilg’or 3 ta davlatlari qatoridan o’rin olgan.
-Uy tekstili muzeylari
Turkiyaning turli hududlarida, ayniqsa, İstanbulda kelib chiqishi XVI-asr Usmoniylar davriga borib taqaladigan va Turkiya uchun an’anaga aylangan uy to’qimachiligiga oid ko’plab muzey va sayyohlik yerlarini ko’rishingiz mumkin.
Bu muzeylarda siz, mamlakatda to’qimachilik sohasining rivojlanish bosqichlari, o’tmishda bu sohada ishlatilgan uskuna va dastgohlar, xom ashyo mahsulotlari va boshqalar haqida ko’plab ma’lumotlar olishingiz mumkin.
Uy tekstili mavzusidagi muzeylar orasida Sadberk Honim muzeyi alohida o’rin tutadi. Muzeyda Sadberk Koch tomonidan butun umri davomida to’plangan kiyim-kechak, kashta va chinnilardan iborat an’anaviy hunarmandchilik to’plamlarini o’rin olgan.