Ustasiga farqi yo'q! «Real» Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi

«Real Madrid» Ispaniya Superkubogi finalida «Atletik»ni mag’lub etdi.

Madrid klubiga g’alabani Luka Modrich va Karim Benzemaning gollari keltirdi. Uchrashuv yakunida Eder Militao chetlatilganidan keyin «Real» bir kishi kam bo’lib qoldi, «Atletik» esa penaltini golga aylantira olmadi.

Shu tariqa, Madridning «Real» klubi 12-marta Superkubokni qo’lga kiritdi. Eslatib o’tamiz, «qaymoqranglilar» yarim finalda turnirdagi g’alabalar bo’yicha rekordchi (13 marta) «Barselona»ni mag’lub etgandi.

«Atletik» – «Real» 0:2

Gollar: Modrich, 38 – 0:1, Benzema (pen), 52 – 0:2

«Atletik»: Unai Simon, De Markos, Martines, Yeray Alvares, Balensiaga (Berchiche, 58), Dani Garsiya, Sarraga (Vesga, 58), Sanset (Raul Garsiya, 58), Berenger (Uilyams, 46), Uilyams, Muniain (Serrano, 81).

«Real»: Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Benzema, Vinisius Junior (Marselo, 86), Rodrigo (Valverde, 64).

Chetlatish: Militao (87).