Turkiya bo'ylab velosipedda sayohat qilishingiz uchun manzarali manzillar

Velosiped haydash tajribasini yangi bosqichga ko’tarib ulgurgan «bike-pasking» an’anasi, sarguzasht izlayotgan sayohatchilarning o’ziga xos ta’til mashg’ulotlaridan biridir. Ushbu turdagi tadqiqotda siz velosipedda uzoq masofalarga sayohat qilishda zarur bo’lgan barcha kerakli anjomlar va yeguliklarni olib sayohatga yo’l olasiz. Tabiatda erkin sayohat qilish, tabiiy bog’lari, qadimiy shaharlari, gavjum bozorlari, tarixiy qishloqlari va shaharlari bilan Turkiyaning turli nuqtalariga velosipedda sayohat qilish imkoniyatlari bilan sarguzasht sevuvchilarni o’ziga chorlaydi. Bundan tashqari, Turkiyada turli miqyosdagi mehmonxonalar va yotoqxonalar, milliy va xalqaro eko-yorliqlarga ega kemping va glamping zonalari mavjud. Shuningdek, shahar velo-pasking tajribasi sifatini oshirish uchun ko’plab imkoniyatlarni taqdim etadi; bunda sizga xavfsiz to’xtash joyi, velosipedni tozalash va velosipedli sayyohlar uchun mo’ljallangan mehmonxonalarda ta’mirlash kabi xizmatlar taqdim etiladi. Keling, Turkiyaning eng chiroyli velo-pasking sayohati uchun maxsus yo’llarini birgalikda ko’rib chiqaylik…

 

Bosfordan Gelibolugacha: Istanbul-Chanoqqal’a yo’nalishi

 

Istanbuldan Chanoqqal’aga cho’zilgan bu yo’nalishni, asosan, uzoq masofaga harakatlanadigan velosipedchilar afzal ko’radi. Tarixiy yarim orol Sultonahmetdan boshlangan marshrut, hayratlanarli manzaralardan so’ng Chataljagacha cho’ziladi. Cherkezko’y orqali Tekirdag’ viloyatiga tashrif buyurib, maftunkor Kirklarelidagi shahar – Luleburgazga borishingiz mumkin. Luleburgazda joylashgan “Luleburgaz Stars Sysling Asademy” butun dunyo bo’ylab velosipedchilarga bepul turar joy va texnik xizmat ko’rsatishni taklif etadi. Marshrut davomida Gelibolu peshtaxtasini ko’rganingizda, Chanoqqal’a chegaralariga kirib, marshrutning oxirgi nuqtasiga yetib borasiz. Gelibolu yarim oroli Birinchi jahon urushi davrida Chanoqqal’a jangiga guvoh bo’lgani uchun Turkiya va jahon tarixida muhim ahamiyatga ega. Mazkur yo’nalish kotleti (ko’fte) bilan mashhur bo’lgan yana bir manzil Ejeabat orqali tugaydi.

 

Moviy va yashilning tutashgan nuqtasi: Go’kova yo’nalishi

 

Turkiyaning janubiga qarab yo’l olganingizda, Bodrum yarim oroli va Datcha yarim oroli o’rtasida joylashgan ajoyib Go’kova yo’lini kashf qilishingiz mumkin. Taxminan, 260 km uzunlikdagi Bodrum-Akyaka-Datcha qirg’og’ida joylashgan marshrut o’zining ajoyib tabiati, qarag’ay o’rmonlari orqali o’tgan go’zal manzaralari, kichik portlari, tiniq suvlari va qadimiy xarobalar bilan Turkiyaning eng ta’sirli yo’nalishlaridan biridir. Bodrumdan Datchagacha bo’lgan yo’lda sizni Mazi, Alatepe, Karajasog’ut, Balikasiran kabi turli tepaliklar kutmoqda. Go’kova yo’lida sayohatingiz davomida siz cheksiz moviy dengizda suzishingiz, kayserfing, kanoeda va yelkanli qayiqda suzish kabi suv sportlaridan baxramand bo’lishingiz yoki Egey va O’rta Yer dengizi oshxonalari va dengiz mahsulotlarining mahalliy lazzatlarini tatib ko’rishingiz mumkin.

 

Markaziy Onado’li qa’rida: Frigiya yo’li

 

Frigiyaliklar izidan borgan Frig yo’li, Anqara, Afyonkarahisar, Eskishehir va Kutahya viloyatlari orasidan sizni chorlaydi. Yo’nalish Eskishehirdagi Frigiyaliklarning eng muhim aholi punktlaridan biri bo’lgan Yazilikayadan boshlanadi. Eskishehirda 2012 yildan beri YuNESKOning Jahon merosi ro’yxatida bo’lgan O’dunpazari tumaniga tashrif buyurishingiz mumkin. 500 km dan ortiq bo’lgan Frigiya yo’li yo’nalishi Anqara (Gordion), Afyonkarahisar (Seydiler), Ayazini qishlog’i va Kutahya (Enije) shaharlaridagi Frigiya vodiylari bo’ylab davom etadi.

 

Tarixni o’rganish: Xet yo’li

 

Tarixni sevuvchi velosipedchilar uchun yana bir qiziqarli marshrut – Xitit yo’li. Eski karvon yo’llari bo’ylab davom etuvchi yo’lning asosiy markazi Turkiyaning YuNESKO Jahon merosi ro’yxatidagi 236 kilometrlik maydonni egallagan Hattushadir. Xet yo’lida velosiped minish, shuningdek, o’tmish va bugungi kun orasida mislsiz madaniy va tarixiy sayohat qilish imkoniyatini beradi. Bu marshrut bilan Onado’lida o’z davrining «qudrati» hisoblangan Xet sivilizatsiyasining madaniy merosini kashf etishingiz, Yazilikaya va Alasaho’yuk kabi noyob asarlarini uchratishingiz mumkin. Marshrutlar haqida batafsil ma’lumot uchun: Komoot