Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent qatnovi O’zbekistonda va Isroilda epidemiologik vaziyatni yaxshilash bilan bir qatorda hamda rejali qayta tiklanishni hisobga olgan holda, Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ ma’lumot berdi.
Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent yo’nalishi bo’yicha parvoz 2021 yil 24-may kuni amalga oshirildi.
Muntazam aviaqatnov haftada bir marta, dushanba kuni amalga oshiriladi. Toshkent – Tel-Aviv aviachiptasining narxi 4 276 000 so’mdan boshlanadi. Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo’nalishi aviachiptasining narxi 5 738 000 so’mdan boshlanadi (narxlar aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3% chegirmani hisobga olingan holda ko’rsatilgan).
Ta’kidlash joizki, xorijiy fuqarolarga Isroilga kirish va tranzit maqsadida foydalanish taqiqlandi. Ushbu ro’yxat Isroil fuqarolari va rezidentlari, aholi va immigratsiya boshqarmasi tomonidan berilgan ruxsatnomaga ega yo’lovchilarni o’z ichiga olmaydi.
Bundan tashqari, 72 soatdan ko’proq vaqt davomida Isroildan tashqarida bo’lgan, ushbu davlatga kirgan yoki tranzit yo’lovchilar va ekipaj a’zolari 72 soat oldin COVID-19 uchun PCR-testini topshirishlari va birinchi nuqtadan chiqishdan oldin testning salbiy natijasini olishlari kerak.
Yo’lovchilar COVID-19 xarajatlarini qoplash uchun tibbiy sug’urtaga (Isroil fuqarolari va rezidentlariga taalluqli emas) ega bo’lishlari kerak.
• Yo’lovchilar Isroilga kelishlari bilan COVID-19 uchun PSR-testini topshiradi va 14 kungacha karantinda saqlanishlari mumkin.