***
Erkak ko’chada tanishini ko’rib qolib, dedi:
— Meni kechir, do’stim!
— Nega?
— Xotinim yangi norkali palto sotib oldi.
— Ie, unda nega mendan kechirim so’rayapsan?
— Ertaga sizlarnikiga borib xotiningga paltosini ko’z-ko’z qilmoqchi.
***
— Dadasi, manavi eski paltomning tugmalari to’kilib bo’ldi. Ko’chaga kiyib chiqishga nomus qilayapman.
— Mayli, ertaga olib beraman.
— Voy, yangi paltomi?
— Yo’q, tugma.
***
— Dugonajon, eringni erta uyga qaytishga qanday o’rgatding?
— Bu juda oddiy. Bir kuni yarim tunda uyga kirib kelgandi, yotgan yerimda: “Eshmat aka, sizmisiz?” deb baqirdim.
— U-chi? U nima dedi?
— Nima derdi? Ismi Toshmat-ku! Shundan beri uyga erta keladigan bo’ldi.
***
— Mahkamjon, bir savolimga javob ber. Sen qonuniy nikoh tufayli tug’ilganmisan?
— Yo’q, chala.
— Buni qanday tushunish kerak?
— Dadam uylangan edi, oyim esa yo’q.
***
— Ishonasanmi, xotinim meni tashlab ketdi.
— E, shungayam qayg’urib o’tiribsanmi? Bir shisha aroq ol-da, tashvishlar ummoniga sho’ng’ib ket!
— Iloji yo’q.
— Nega? Puling yo’qmi?
— Pul bor, ammo tashvishlar ummoni yo’q.
***
Tun. Militsioner bir erkakni to’xtatib so’radi:
— Qaerga ketayapsan?
— Aql va zakovat haqida leksiya tinglashga ketayapman.
— Bu ertagingni boshqaga ayt. Yarim tunda kim senga leksiya o’qiyman deb qarab turibdi ekan?
— Xotinim.
***
Xotin gazeta o’qib turib kutilmaganda eriga yuzlanib dedi:
— Qarang, bir boy odam yigirma yil avval o’ziga turmushga chiqishni xohlamagan ayolga ellik ming yevro hadya qilib yuboribdi.
— Oh, mana buni minnatdorchilik desa bo’ladi!
***
Chukcha uyga kirib kela boshlagan mehmonga dedi:
— Ts-s!.. Oyimning yaqindagina ko’zi yoridi. Hozir dam olayapti. Bezovta qilmang!
— Ie, otang ikki yildan beri safarda-ku!
— Nima qipti? Har kuni xat yozishni kanda qilgani yo’q.
***
Bolakay otasidan so’radi:
— Dada, Oyshani karam ichidan topib olganmisizlar?
— Ha.
— Meni laylak olib kelganmi?
— Ha, o’sha laylak ikki uy narida turadigan Toshmat amaking bo’ladi. Bir razm solib ko’r, haliyam tumshug’i qiyshaygancha qolib ketgan.
***
Dafn marosimida.
— O’g’lim, qani, oying bilan vidolash!
— Oyi, meni endi boshqa ko’rmaysiz, bildingizmi?!.
***
Ikki keksa ovchi ulfatchilik qilayapti.
— Eh, hayotni qara! Ilgari uzoqdan turib chumchuqning ko’zidan ura olardim. Endi esa faqat kampirimning qulog’ini aniq mo’ljalga ola bilaman xolos.