The Economist tomonidan dunyoning arzon shaharlari reytingi tuzildi.
Ma’lum bo’lishicha, Toshkent jahonning eng arzon shaharlari uchligiga kirgan. Unga ko’ra, Suriya poytaxti Damashq va Liviya poytaxti Tripoli eng arzon shaharlar deya topilgan. Toshkent ulardan so’ng uchinchi o’rinda qayd etilgan. Reytingda 173 shahar joy olgan.
Reyting 10 asosiy toifa – oziqlanish, o’zini-o’zi parvarish qilish, transport, sayohat va boshqalarga asosan tuzilgan.
Dunyoning eng qimmat shahari deb esa Tel-Aviv topilgan. Shuningdek, Parij, Singapur, Syurix va Gonkong ham qimmat shaharlar qatoridan joy olgan.
Izohlarni ko`rish