Toshkent bozorlarida qizil, sariq, siyohrang jo'jalar sotuvga chiqdi! (+Foto)

Bu dunyoda mo»jizalar bo’lmaydi, degan odamlar bekorlarni aytishibdi. Hozirga ilm-fan, texnika rivojlangan zamonda mo»jiza biz istaganimizdan ham ko’ra ko’proq sodir bo’ladi. Masalan, ikki kun avval O’rikzor savdo markaziga borganimizda men qizil, sariq, havorang, siyohrang kabi bir necha xil rangdagi mitti jo’jalar sotilayotganiga ko’zim tushdi. Ular shunday ajoyibki, xuddi yumshoq o’yinchoqlarga o’xshaydi. Qo’lingga olib, yuzlaringga bosging keladi.

Egasini shuncha savolga tutsam ham miq etib javob beray demaydi. Bilib olganlarim ikki-uchta ma’lumot, xolos. Bu mitti jo’jachalarning narxi 10 ming so’mdan ekan. Ular asosan qarg’a bilan xonaki tovuqni chatishtirish orqali dunyoga kelgan. Bundan tashqari, jo’jachalarni ochib chiqqanidan uch kun o’tib bo’yashgan va bu bo’yog’i ularning tanasida uch oygacha saqlanib turishi kafolatlangan. Daromad ilinjida nimalarni o’ylab topishmaydi-ya, odamlar!