«GM UZBEKISTAN» kompaniyasi Tracker Premier AT avtomobiliga 16 million so’m miqdorida bayramona chegirma e’lon qildi.
«GMUzbekistan kompaniyasi barcha yurtdoshlarimizni Xotira va qadrlash kuni hamda muqaddas Ramazon oyi bilan qutlab, Tracker Premier AT avtomobiliga 16 million so’m miqdorida bayramona chegirma e’lon qiladi», – deyiladi xabarda.
Aksiya 8 maydan e’tiboran respublikamizning barcha avtosalonlarida 100% oldindan to’lov amalga oshirilgan avtomobillar uchun joriy yilning 5 iyuniga qadar amal qiladi.
Izohlarni ko`rish