TUYaQUSh HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Tuyaqush bir qadam tashlaganda, kamida 5-6 metr masofani bosib o’tadi.

2. Tuyaqush dunyodagi eng yirik qush hisoblanadi.

3. Tuyaqushning bo’yi ikki yarim metr, vazni 150 kilogrammgacha yetadi.

4. Tuyaqush ertak-afsonalarda aytilganidek, xavfni sezsa, boshini qum ostiga yashirib o’tirmaydi. U kuchli oyoqlari yordamida manaman degan mahluqni biryoqli qilib qo’ya oladi.

5. Gepard tuyaqushni faqat qisqa masofaga yugurish natijasida tutishi mumkin. Lekin tuyaqush soatiga 100 km tezlikda yugurishi qolib, juda uzoq vaqt to’xtovsiz chopa oladi. Gepard esa yarim yo’lda tili osilgancha qolib ketadi.

6. Tuyaqush vegetarian emas. U qumursqadan tortib mayda jonivorlargacha tutib yeydi.

7. Tuyaqush gohida tosh va qum yutib turadi. Ular ovqat hazm qilishda yordam beradi.

8. Bu qush turi o’rtacha 40-50 yil umr ko’radi.

9. Tuyaqush tuxumining vazni 1, 5 kilo vaznga ega.

10. Boshqa qushlardan farqli jihati shundaki, tuyaqushning patlari yomg’irda tez namiqadi. Chunki tuyaqushning organizmida temir moddasi umuman yo’q.

11. Tuyaqushning ko’zlari filnikidan kattaroq. Diametri besh santimetrga teng bu ko’zlar tuyaqushning yuragidan ikki hissa katta.

12. Tuyaqush tez-tez qumga dumalab, shu yo’l bilan tanasidagi zararli parazitlardan xalos bo’ladi.

13. Uning oyoqlarida atigi ikkitadan barmog’i bor.

14. Tuyaqush qanotlaridan faqat nikoh mavsumida ijro etiladigan raqslar jarayonida foydalanadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi