TIMSOH HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Timsohlar yer yuzida 83 million yil avval paydo bo’lgan.

2. Bu qadar yirik bo’lishiga qaramay, timsohning tuxumi g’oz tuxumi hajmida bo’ladi.

3. Timsohlarning qadimiy ajdodlari uzunligi 12-14 metrgacha yetgan.

4. Hozirda eng yirik timsoh sifatida dengiz timsohi e’tirof etiladi. Uning uzunligi 7 metrgacha, vazni 1 tonna atrofida bo’ladi.

5. Uch ming yil oldin timsohlar quruqlikda yashardi.

6. Timsoh tilini chiqara olmaydi. Uning tili pastki jag’ qismiga yopishgan bo’ladi.

7. Timsoh tez-tez tosh yutib turadi. Tosh unga ovqatni hazm qilishdan tashqari suv tubiga tezroq sho’ng’ishda ham yordam beradi.

8. Timsoh qoni tarkibida antibiotik vazifasini bajaruvchi modda mavjud. Shu sababli yaralansa, yarasi juda tez fursatda bitib ketadi.

9. Timsoh och qolsa-yu, ovqat topa olmasa, boshqa timsohlarning bolasini, tuxumini yeb qo’yadi.

10. Nil daryosida yashovchi timsohlar suvdan ikki metrgacha yuqoriga sakray oladi.

11. Qadimda misrliklar timsohga xudo o’rnida sig’ingan.

Olimjon HAYIT tayyorladi