Test: Siz ruhan yoshmisiz..

Bilasizmi, hayotda ko’pincha insonning biologik yoshi bilan psixologik yoshi bir-biriga mos kelmaydi. Chunki bunga har bir shaxsning turmush tarzi turlicha ekani sabab. Kimdir o’z yoshiga nisbatan kichik, kimdir teng va yana kimdir ancha katta bo’ladi. Xo’sh, siz ruhan yoshmisiz? Sizning biologik va psixologik yoshingiz qanday? Ular bir-biriga mosmi yoki?.. Buni aniqlashda sizga ushbu test yordam beradi.

Quyidagi savollarga javob berayotib, «hamisha» javobi uchun 4 ball, «ba’zida» — 3, «kamdan-kam» — 2, «hech qachon» javobi uchun esa 1 balldan belgilang.

1. O’zgarishlar kiritish va tavakkal qilishni yoqtirasizmi?

2. Siz atrofingizdagi insonlar nima deb o’ylayotganini his etib turasizmi?

3. Yangi tanishlar bilan mustahkam aloqa bog’lashga harakat qilasizmi?

4. Kelajak uchun rejalar tuzasizmi?

5. Boshqa hamma yoqimtoy deb hisoblaydigan insonlar sizga o’xshamaydimi?

6. Yosh bolalar, jumladan, begona oila farzandlari bilan mashg’ul bo’lishdan mamnun bo’lasizmi?

7. O’z ishingizni muhim va qiziqarli, deb hisoblaysizmi?

8. Sizga tanishlaringiz va do’stlaringiz bilan o’pishib, quchoqlashib ko’rishish yoqadimi?

9. Fikringizcha, jamoangiz boshqa odamlarga yoqadimi?

10. Siz o’zingizni baxtli va hayotdan mamnun his etasizmi?

11. Sportning biror-turi bilan shug’ullanasizmi yoki badantarbiya qilib turasizmi?

12. Siz uchun murakkab topshiriqlarni hal etish qiziqarlimi?

13.      Siz qo’shiq aytish va raqs­ga tushishni yoqtirasizmi?

14.                Romantik melodrama ko’rgan paytlaringizda yoki hayotda ta’sirli biror voqea­ni kuzata turib yig’lashingiz mumkinmi?

15.      Siz eshitgan kishi ishonmaydigan, xayoliy orzular qilasizmi?

16.                Hammasi yaxshi bo’lishiga ishonib, kelajakka dadil boqasizmi?

17.      O’z ishingizni o’yin deb baholay olasizmi?

18.      Har xil ishlarni yangi, standartga to’g’ri kelmaydigan usulda bajarish haqida o’ylaysizmi?

19.                Har bir yangi kundan mamnun bo’lasizmi?

 

Ballarni to’plang va

natija bilan tanishing

80-60 ball. Siz ruhan yosh bolaligingizcha qolgansiz. Boshqalarni hayratda qoldirishdan aslo cho’chimaysiz, o’zingiz ham lol qolishdan qo’rqmaysiz. Ahli donishmandning quyidagi o’gitlarini boshqalar bilan ham bo’lishishga tayyorsiz: «Hayot qisqa! Tez xayrlashing. Kuling, o’zingizni to’xtata olmaydigan darajada. O’zingizni xuddi hech kim ko’rmayotgandek his etib raqsga tushing. Kuylang, go’yo hech kim eshitmayotgandek. Seving, go’yo hech kim qalbingizga ozor yetkazmagandek. Chunki hayot insonga bir marta beriladi, siz hozir va shu yerda ko’ksingizni to’ldirib nafas oling»

Endi sizga aytiladigan bitta tilak qoldi. Bu ham bo’lsa, taqdiringizda qanday sinovlar bo’lmasin, hech qachon o’zingizni yo’qotmang!

59-36 ball. Sizning psixologik yoshingiz, taxminan olib qaraganda, biologik yoshingizga juda mos keladi. Faqat shuni unutmangki, baxt — ikir-chikirlarda. Bolalar bilan ularning quvonchiga sherik bo’lib, tabassumini ko’rib o’ynash, axir bu baxt-ku! Ikki kishi uchun bitta katta tabassum hadya etish baxt emasmi?! Oshiqlik hissini bir muddat bo’lsin, unutishingizga yo’l bermang!

35-20 ball. O’zingizni toliqqandek his etyapsizmi? O’zingizda shunday bir fazilatni topingki, toki u vaziyatga ochiqchasiga va bevosita bosh­qa bir burchakdan nazar tashlashingizga yordam bersin, shunda o’zingizni nafaqat ruhan, balki jismonan ham ancha yosh his eta boshlaysiz!