KUN KULGISI…

 

 

***

 

To’rt yashar bolaga onasi dedi:

— Xayriyat-e, bolam, yig’lashni bas qilding!

— Bas qilganim yo’q, nafas rostlash uchun to’xtadim xolos.

***

 

Bolakay o’t o’chirish xizmatiga qo’ng’iroq qilib so’radi:

— O’t o’chiruvchilar xizmatimi?

— Xuddi shunday.

— Tez menikiga yetib kelinglar!

— Nima bo’ldi?

— Qo’limdagi gugurt cho’pi yonyapti. Tez kelib olovni o’chiringlar! Aks holda barmog’im kuyib qoladi!

***

 

— Allo, bu kompyuterlarga texnik ko’rsatish xizmatimi?

— Xuddi shunday.

— Ayting-chi, noutbukni televizorga simsiz qanday ulasa bo’ladi?

— Televizoringizning markasi qanaqa?

— “Rassvet-302”.

— Shunaqami? Unda eshiting, noutbukni televizor ekraniga yopishtirasiz-da, skotchlab tashlaysiz!

***

 

Hayotda ikkita gapni tilga ko’chirish jiddiy xavf tug’diradi.

1. Xotiningga “Sen nohaqsan”, deyish.

2. Sartaroshga “Soch-soqolimni o’zingizning didingizdan kelib chiqib olib qo’ya qoling!..”

***

 

Ona bo’y yetgan qizini urishyapti:

— Jinni bo’ldingmi? Qara, vannaxonadagi trubalardan ancha bo’ldi suv tomchilay boshlaganiga! Uy suvoqlari ko’chib tushyapti! Anavi eski televizorni olganimizga o’ttiz yil bo’ldi! Sen bo’lsang, yuzingda ko’zing demay shoir bilan turmush quraman deysan-a!!!

***

 

Muxbir jinnixonaga kelsa, jinnilar tomdan pastdagi karavot ustiga sakrashayapti.

— Nima qilyapsizlar?

— “Aeroflot” o’ynayapmiz.

— Direktorlaring qani?

— Uni birinchi reys bilan uchirib yubordik.

***

 

Ruhshunos mijozdan so’radi:

— Siz qachon o’zingizni yomon his eta boshladingiz?

— Sobiq xotinim hozirgisi bilan tanishib qoldi. Avvaliga ular bir oz janjallashgan bo’lishdi. Keyin birdan yarashishdi-da, kelajakda uylanmoqchi bo’lib yurgan xotinimni kaltaklay ketishdi.

***

 

Qiz:

— Azizim, nima to’g’risida o’ylayapsiz?

Yigit:

— Sen o’ylayotgan narsa haqida.

Qiz:

— Ho, qani, tegib ko’ring-chi, baqiraman!

***

 

— Kecha jazmanimga karavotda yotib latifa aytib berayotsam, eri kelib qoldi.

— Keyin-chi?

— Keyin latifani boshidan aytishga to’g’ri keldi.

***

 

Askar uyiga xat yozayotgandi. Starshina kelib so’radi:

— Onangga yozyapsanmi xatni?

— Ha.

— Unda mengayam bir nusxasini kompyuterdan chiqarib ber!