* * *
O’quvchi sinfdoshlariga dedi:
— Qaranglar, Kamchatkada oxirigi partani Kaliningrad deb atasharkan.
* * *
Bahor. Maugli va Bagira suhbatlashishyapti:
— Bagira, menga nima bo’ldi o’zi? Hozir uzoq-uzoqlarga qochib ketgim, pana-pana joylarga berkinib olgim, jimgina-jimgina o’tirib xayol surgim kelyapti. Nahotki, bu muhabbat bo’lsa-a?
— Yo’q, Mauglijon, bu muhabbat emas. Hozir bahor. Armiyaga chaqiriq mavsumi boshlandi, xolos.
* * *
Xotiningga qancha ko’p pul berma, baribir, qo’shni ayolning puli ko’p bo’lib chiqaveradi-ya! (Xotinbozning hasratidan)
* * *
Do’konda.
— Kechirasiz, menga qaytimni bermadingiz!
— Kechirdim.
* * *
— Dugonajon, nega ering kechqurunlari tez-tez uydan ketib qolaveradi?
— Sho’rlik uyda yolg’iz o’tirishni yoqtirmaydi-da!
* * *
Er xotinidan so’radi:
— Bunday uzundan uzun xatni kim yozibdi senga?
— Shahardagi dugonam.
— Nima deb yozibdi o’zi?
— «Qolgan gaplarni uchrashganimizda gapirib beraman» debdi.
* * *
— Dadasi, mabodo men daryoga cho’kib ketsam, nima qilardingiz?
— Shahar markaziga chopib borib «Tez yordam» chaqirib kelardim.
— Voy, shahar markazi uzoq-ku! Ulgurmaysiz-ku!
— Jonim, men sen uchun undan ham uzoqroqqa chopib borishga tayyorman!
* * *
Xotini uyga kech kelgani uchun urishavergach, er unga qarab baqirdi:
— Jim bo’l! Menga baqirma! Uxla!
— Uxlayman, lekin jim bo’lmayman!
* * *
Operatsiyadan so’ng narkoz ta’siri ketib uyg’ongan er tepasida o’tirgan xotinini juda muloyimlik bilan erkalab qo’ydi. Xotini hayron bo’lib hamshiradan so’radi:
— To’yimizdan beri meni biror marta erkalamagandi. Hayron bo’lib qoldim. Bunaqangi dorini qaerdan topgansizlar-a?
* * *
Militsiya xodimi uyini o’g’ri urgan ayoldan so’radi:
— Uyingizni o’g’rilar ag’dar-to’ntar qilib tashlagan bo’lsa, nega kech xabar berdingiz?
— Men oldiniga erim toza ko’ylak qidirganmikan deb o’ylabman.