Tehron va Toshkent o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri reyslar yo'lga qo'yilmoqda

Qeshm Air aviakompaniyasi 9 avgustdan Tehron−Toshkent−Tehron yo’nalishi bo’yicha muntazam reyslarini yo’lga qo’yadi. Reyslar haftasiga bir marta-chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi Tehron va Toshkent o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri reyslarni yo’lga qo’ymoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.

9 avgust kuni Tehron−Toshkent−Tehron yo’nalishi bo’yicha birinchi muntazam yo’lovchi reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Reyslar haftasiga bir marta-chorshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Qeshm Air — shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan Eron aviakompaniyasi bo’lib, 1993 yilda tashkil etilgan hamda mahalliy va xalqaro yo’lovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.