Jang san’ati ustasi Navin Kumar peshonasi bilan 273 ta yong’oqni chaqdi. 27 yoshli hindistonlik bir daqiqada boshi bilan eng ko’p yong’oq chaqish bo’yicha rekord o’rnatdi. U soniyasiga o’rtacha 4,5 yong’oqni chaqishga muvaffaq bo’ldi.
Bundan oldingi rekord 41 yoshli Muhammad Rashidga tegishli edi. U 2014 yilda 150 ta yong’oqni chaqib, rekord o’rnatgan edi. 2016 yilda u o’z natijasini 181 ta yong’oqqa yetkazdi. 2017 yilda Kumar 217 yong’oq bilan rekord o’rnatdi. 2018 yilda esa Rashid 254 ta yong’oqni chaqib, yana chempionlikni qo’lga kiritdi. Keyin Rashid va Kumar o’rtasida musobaqa bo’lib o’tdi, unda ikkinchi ishtirokchi 239 yong’oq bilan mag’lub bo’ldi.
Shartlarga ko’ra, yong’oq xom bo’lishi kerak, ularni stolga istalgan tartibda qo’yish mumkin, lekin bir zarbada faqat bitta yong’oq chaqilishi mumkin. Ginnesning rekordlar kitobi veb-saytiga ko’ra, yong’oq po’chog’i kamida ikki qismga bo’linishi kerak, deb xabar beradi mir24.tv.