TARIX HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Rus shohi Petr I piyonistalikka qarshi kurashning o’ziga xos usulini tanlagan. Buning uchun piyonistaga vazni 7 kiloga teng medal hadya etishardi. Lekin medalni yechib qo’yishi qat’iyan taqiqlangan.

2. Tayland davlat madhiyasini rus bastakori yozib bergan.

3. Xrushchev Amerikadagi “Pepsi” kompaniyasining reklama agenti bo’lgan.

4. Qadimiy Xitoyda erkaklarga kokil o’stirish taqiqlangan. Bu feodalizm illati sifatida qabul qilingan.

5. Qadimiy Rim imperatori Neron o’z qo’lidagi qul erkakka uylangan.

6. Arab harflarini arablarning o’zi emas, hindistonlik matematiklar yaratgan.

7. Dunyo tarixida eng uzoq davom etgan urush 335 yilga cho’zilgan. Lekin shuncha ko’p vaqt davomida urushgan tomonlarning bironta ham askari halok bo’lmagan.

8. Tutanxamonning ota-onasi aslida opa-singil bo’lgan ekan.

9. 18- asrga qadar Rossiya davlatining o’z bayrog’i bo’lmagan.

10. 1941 yil noyabr oyidan sobiq sovetlar ittifoqida farzandsizlik uchun alohida soliq to’langan. Soliq miqdori to’lovchi maoshining 6 foizidan iborat bo’lgan.

11. Gitlerning asosiy dushmani Stalin emas, balki Yuriy Levitan bo’lgan. U dushmanining boshi uchun 250 ming marka mukofot ham e’lon qilgan.

12. Rossiya imperiyasi gullab-yashnagan paytlarda fuqarolarga o’zi bilan sovuq qurol olib yurishga rasman ruxsat berilgan.

13. Ulug’ vatan urushida qizil armiya safida Semyon Konstantinovich Gitler ismli pulemyotchi bo’lgan. Uning millati yevrey edi.

14. 17- asrda termometrning ichiga simob emas, konyak quyishgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi