* * *
Xasis ko’chada o’ziga o’xshagan xasis bir vrachni ko’rib qoldi va bepul maslahat olish niyatida undan so’radi:
— Do’stim, shamollab qolganingda nima qilasan?
— Aksiraman.
* * *
Erkak do’stiga hasrat qilyapti:
— Taxta bitlar jonga tegdi. O’ldirib tugatib bo’lmayapti! Divanni egallavolishgan yaramaslar!
— Hozir qish bo’lsa, divanni tashqariga, sovuqqa opchiqib qo’y, o’ladi-ketadi o’sha bitlaring!
— Buniyam qip ko’rdim.
— O’lmadimi?
— O’lish qayoqda deysan? Divanni qaytadan xonaga opkirib qo’yishyapti dayuslar.
* * *
Xotin eriga erkalangan ohangda dedi:
— Kechqurun sizni ketvorgan ayol bilan romantik kecha kutadi.
— Yo’g’-e, safarga ketyapsanmi yana?
* * *
Beshinchi sinf o’quvchisidan muallima so’radi:
— «Sevmoq» so’zining kelasi zamondagi ko’rinishini ayt!
— Yo turmushga chiqmoq, yo ayrilmoq.
* * *
Xotin erini quchib erkalandi va dedi:
— Jonim, sizni shunchalar sevamanki… Hozir sizning eng sevimli narsangizni hadya qilaman, kela qoling!
— Rostdanmi? Ura-a-a-a!!! Bugun kartoshkali somsa yerkanma-an!!!
* * *
Chukchaga qorda harakatlanadigan zamonaviy mashina sovg’a qilishdi. Undan so’rashdi:
— Xo’sh, mashina yoqdimi?
— Yoqdi, ammo itlarim negadir juda tez charchab qolishyapti.
* * *
Erkak ekstrasensga qo’ng’iroq qilib so’radi:
— Allo, bu ekstrasens Fayzixon Fayziyevnami?
— Xuddi shunday, Eshmat Toshmatovich.
— Men Eshmat Toshmatovich emasman!
— Bilaman.
* * *
— Bilasanmi, do’st, itim kecha hayotimni saqlab qoldi.
— Qanday qilib?
— Gripp bo’lgandim. Tuman poliklinikasi bosh vrachi tekshirib ko’rishga kelgandi, uyga kiritmadi.
* * *
Erkak do’konga kirib sotuvchidan so’radi:
— Sizlarda boks qo’lqopi bormi?
— Yo’q.
— Suzish shapkachasi-chi?
— Yo’q.
— Chang’i bordir hech bo’lmasa?
— Og’ayni, bu do’konda faqat ichkiliklar sotiladi.
— Unda bir shisha ichkilik bering!
Ichkilikni qo’liga olgach, asta nari ketdi-da, shivirladi:
— Xudoyim, mana, o’zing sport bilan chin ko’ngildan shug’ullanishga uringanimni ko’rding! Do’konda birontayam sport anjomi yo’g’akan. Endi men osiy bandangni kechirmasang bo’lmaydi!
* * *
Er-xotin ko’chada sayr qilib yurishgandi. Xotin qarama-qarshi tarafdan yangi ko’ylakda kelayotgan dugonasini ko’rib qolib erini turtdi.
— Menga qarang, hozir dugonam yaqin kelsa, bir ko’ylagini maqtab qo’ying!
— Nega? Dugonangni xursand qilmoqchimisan?
— Yo’q, yaqinda unga «Erimning didi yaxshi emas» degandim.
* * *
— Xotinjon, tushimda ikkalamiz begona shaharda yurganmishmiz-u, kutilmaganda seni yo’qotib qo’yibman. Shunaqangi siqildim-ki…
— Keyin topdingizmi meni?
— Ie, qidirsam topaman-da!
* * *
Ayol hayvonot bog’ida yurib tuyaqushlar bilan qiziqib qoldi va bog’ xodimidan so’radi:
— Ayting-chi, tuyaqush ham pat tashlaydimi?
— Ha, yerda yuz dollar yotganini ko’rsa, shu zahoti pat tashlab yuboradi.
Olimjon HAYIT tayyorladi