2019 YILGI GINNES REKORLAR KITOBIDAN…

 

1. Bu mushuk oddiy mushuklardan emas. Jami to’qqizta kubikni kaftsiz panjalarida tutib tura oladi. Hozircha boshqa mushuklar bu rekordni yangilaganicha yo’q.

2019 YILGI GINNES REKORLAR KITOBIDAN…

2. Angliyalik yosh poygachi Tom Bagnall reaktiv samolyot motori o’rnatilgan poyga mashinasida soatiga 180, 72 kilometr tezlikda harakatlanib, jahon rekordini o’rnatdi. Bu poyga mashinasini yaratishda unga muhandis tanishi Endi Morris yordam bergan.

2019 YILGI GINNES REKORLAR KITOBIDAN…

3. Juda qisqa fursatda ko’p sosiska tayyorlash bo’yicha Barri Jon Krou rekord o’rnatdi. U bir daqiqada 78 ta sosiska tayyorlay oldi.

2019 YILGI GINNES REKORLAR KITOBIDAN…

4. Mirko Xansen oyoqlarini osmonga ko’tarib qo’llari bilan roliklarga tayangan holda qisqa vaqt ichida 50 metr yo’l bosa oldi. Buning uchun unga atigi 8, 55 soniya vaqt zarur bo’ldi. Eslatib o’tamiz, bunday qiyin tryukni ijro etish uchun odam o’ta abjir va jasur bo’lishi kerak.

2019 YILGI GINNES REKORLAR KITOBIDAN…

5. «Fezer» laqabli bu it balandlikka sakrash bo’yicha qarindoshlari orasida birinchi bo’ldi va jahon rekordini o’rnatdi. It 191, 7 metr balandlikdan sakrab o’ta oldi. Qoyil!

2019 YILGI GINNES REKORLAR KITOBIDAN…