Bu judayam oson. Shunday qo’lingizni ko’ksingizga qo’yasiz: «Uzr, bizdan o’tibdi», deysiz. Tamom-vassalom. Ilgari xuddi shu yo’l bilan ba’zi amaldorlar o’zini oqlashgandi. Endi estafeta tayoqchasini san’atkorlar olishganga o’xshaydi. Yulduz Usmonova din masalasida va yana ichki ishlar xodimlariga aytgan nojo’ya gaplari uchun uzr so’radi. Keyin gal «Sho’rdanak» va «Qalpoq»qa keldi. Endi Avazbek Olimov tushuntirish xati yozishga majbur bo’ldi. Bundan so’ng, ehtimol, yana birortasi «tashabbus» bilan chiqar…
Blogerlar, sizlar ham shay turinglar! Mabodo, do’ppi tor kelib qolsa, qo’llarni ko’ksingizga qo’yasizlar va o’sha gap-o’sha gap!
loading…
Izohlarni ko`rish