Haqiqiy hangomaning bundan battari bo'lmaydi, brat!!!

 

 

ShOIR

 

Bugun Burchalsevning kayfiyati haqiqatan shoirona edi. Xayolan turli obrazlarni, qofiyalarni o’ylab topar, go’yoki u hozir yerda emas, qaerdadir baland-baland cho’qqilar osha parvoz qilib borardi. Xo’sh, nega? Chunki, u bugun sevgilisi Olyaning qo’lini so’raydi. To’y kunini belgilaydi.

Shu tobda uni yo’l chetida turgan militsiya xodimi chaqirib qoldi.

— Hoy, o’rtoq, — dedi militsioner Burchalsevning yengidan tortib. — Siz negadir ko’zimga shubhali ko’rinyapsiz!..

— «Qanaqa o’rtoq? — ko’nglidan o’tkazdi Burchalsev militsionerning qo’lini qayirib tashlab, oldinga intilarkan. — Men, axir, shoirman!..»

Yarim yo’lni bosib o’tgan ham ediki, qo’ltig’iga bir shisha aroqni qistirib olgan sersoqol erkak uning yo’lini to’sdi.

— Erkak!.. — dedi u chayqalib. — Ikkinchi bo’lmaysanmi? Kayf qilardik…

— Qanaqa erkak?.. — ensasi qotib nari ketdi Burchalsev. — Men, axir, shoirman-ku!..

Aksiga olgandek, Olyaning uyiga yetay deb qolganda, gadoy to’xtatdi.

— Yigit, nonga pul yo’q. Yuz so’m ber!..

— Qanaqa yigit? — baqirib yubordi Burchalsev. — Men shoirman, bildingmi?!..

Nihoyat ichkariga kirdi. Olya tungi kiyimlarda uni intizor bo’lib kutayotgan ekan. Burchalsev xonaga kirishi bilan Olya uning bo’yniga osildi.

— O’zimning quyoncham! — deya erkaklay boshladi u. — O’zimning timsohim!..

— Qanaqa quyon? Qanaqa timsoh?.. Men, axir, shoirman, tushunsang-chi!..

Burchalsev azbaroyi alam qilganidan qo’lidagi guldastani polga irg’itdi-yu, tashqariga — o’z uyiga jo’nadi.

Shunday qilib to’y ham to’xtaydigan bo’ldi.

Nimayam qilsin bechora?..

Bizning mamlakatda shoir bo’lish oson emas.

Odamlar xalaqit qilishadi.

Evgeniy MIKUNOV

Rus tilidan Olimjon HAYIT tarjimasi

loading…