Dunyoning turli burchaklarida kishini hayratga soladigan san’at namunalarini uchratish mumkin. Ularni tomosha qilgan har bir inson zavqlanish bilan birga o’z nazdida xulosa qilishga muvaffaq bo’ladi.
Amsterdam

Foto: Travel Ask
Amsterdamdagi mazkur skulptura o’zing qulay o’rnashgan shoxni kesishga urinish ahmoqlik ekanining yaqqol isboti.
Yakutsk

Foto: Travel Ask
Rossiyada ham Amsterdamdan ilhomlanilgan chog’i. O’zi o’tirgan shoxni arralayotgan kishi skulpturasini Yakuskda ko’rish mumkin.
Bryussel

Foto: Travel Ask
Bryusselda esa har bir chaqasini hisoblayotgan buvi haykaliga duch kelish mumkin.
Melburn

Foto: Travel Ask
Bir qarashda teskari bo’lib qolgandek ko’rinadigan haykal ingliz yozuvchisi va alpinist Charlz La Trobega qo’yilgan.
Dengiz tubidagi haykal

Foto: Travel Ask
Karib dengizining suvosti muzeyida sog’lom turmush tarziga rioya qiladigan velosipedchini ko’rish mumkin.
Parij

Foto: Travel Ask
Fransiyaning poytaxti Parijga borgan sayohatchi bosh barmoqqa haykal o’rnatilganiga guvoh bo’ladi.
Krasnodar

Foto: Travel Ask
Rossiyaliklar nima uchundir hamyonga haykal qo’yishni ma’qul bilgan.
Nakavik

Foto: Travel Ask
Mamlakatdagi yog’och tayyorlash bilan bog’liq muvaffaqiyatlar ramzi sifatida Kanadada boltaga haykal qo’yilgan.
Springfild

Foto: Travel Ask
AQShda esa bahaybat sanchqini ko’rishingiz mumkin.
Berlin

Foto: Travel Ask
Kitobsevarlar esa Germaniyadagi taxlangan kitoblar haykalini ko’rib quvonishi aniq.


