* * *
Yangi o’zbek bankka kelib hisobchidan so’radi:
— Sizlardan yuz dollargina kredit olsam bo’ladimi?
— Ha, bo’ladi. Ammo sizga aytib qo’yay. Bankimizda eski qoidalar saqlanib qolgan. Ya’ni, kredit ola±tganingizda nimanidir garov sifatida tashlab ketishingiz lozim.
— Ana, “Kadillak” mashinamni ola qoling!..
— Bo’pti, yiliga uch foizdan qo’shib qaytarasiz!
Yangi o’zbek yuz dollarni oldi-da, bir yildan so’ng bir yuz uch dollar qilib qaytardi.
Hisobchi undan so’radi:
— Tushunmadim. Bizni ahmoq qilmoqchi bo’ldingizmi? Shunday badavlat odam bankdan yuz dollar olib o’tirsa?! Yo buning biror siri bormi?
— Albatta. O’zingiz o’ylang, shunday mashinamga sizlardagiday arzon garajni qaerdan topaman, axir?
* * *
Institut. Beshinchi para. Talabalar juda charchashgan. Kimdir muallimdan iltimos qildi.
— Domla, qo’yib yubora qoling, juda charchadik!
— Yaxshi, qo’limdagi mana shu bo’r tugasa, ketaverasizlar.
Orqa partadan kimdir qichqirdi:
— O’sha bo’rni menga bering, yeb qo’ya qolaman!
* * *
Gitler olamdan o’tib, so’roq berish uchun olib kelindi.
— Xo’sh, o’zingni qanday oqlamoqchisan jannatga kirish uchun? — so’rashdi undan jannat eshigi kalitini ko’rsatib.
— Men butun insoniyatni baxti±r qildim.
— Aldama, sen qanday qilib butun insoniyatni baxtli qila olishing mumkin?
— Axir, mana, o’ldim-ku!
* * *
Jurnalistga sherigi dedi:
— Tabriklayman! Merosxo’rli bo’libsiz!
— E, mening maoshim bilan qanaqasiga merosxo’rli bo’lishim mumkin? Faqat farzandli bo’lishim mumkin, xolos.
* * *
Astronomlarning yaqinda xabar berishlariga qaraganda, fazodan 463 milliard kub km spirt topilganmish…
Ma’lumot berishdi. Rossiya fazogirlari shu munosabat bilan kechayu kunduzlik ish rejimiga o’tishibdi. (Gazetadagi e’londan)
* * *
Qurilishda.
— Prorab, belkurak sinib qoldi, nima qilay?
— Ana, suyultirilgan betonga tiqib ol, tiklanadi-qoladi!
* * *
— Tushunmadim. Yaqindagina uylanganding, shekilli? Nega haliyam paltongning tugmasini o’zing qadab o’tiribsan?
— Bu xotinimning paltosi, ahmoq!
* * *
— Nima qilayapsan?
— Ko’rlarning alfavitini o’rganayapman.
— Nima qilasan uni? Ko’rish qobiliyating susaydimi?
— Yo’q, uyda chiroq yo’qligida o’qishim uchun kerak.
* * *
Uch ulfat o’tirib ichishayapti. Hammaning kayfi oshib qolgan. Ulardan biri kutilmaganda o’rnidan turdi-da, gap boshladi:
— M-mening… Uch qadrdon do’stim bor… S-sen… S-sen…
U osmonga bir qarab olgach, davom etdi:
— Va… O’zim…
* * *
Ruhshunos huzuriga mijoz kirib keldi-da, o’rindiqlardan biriga o’rnashib o’tirib olgancha jim qoldi. Oradan birmuncha vaqt o’tgach, ruhshunos hayron bo’lib so’radi:
— Xo’sh, nega jim o’tiribsiz? Nimadan shikoyatingiz borligini aytmaysizmi?
— Xotinim bezovta qilayapti, do’xtir. Bir soniyaga ham jag’i tinmaydi. Sizning kabinetingiz shunaqangi tinch ekan, maza qilayapman!
* * *
Suratkash tug’ilgan kunga taklif etilgandi. Bir-ikkita suratlar olib uy bekasiga ko’rsatgandi, u quvonchini yashirolmadi.
— Voy, suratlarning zo’rligini! Fotoapparatingiz yangimi deyman?..
Suratkash javob bermadi. Faqat keta±tib uy bekasiga dedi:
— Ovqatlar juda mazali bo’libdi. Qozoningiz yangimi deyman?
* * *
Er teginavergach, xotini urishib berdi.
— Qoching, o’g’limiz uxlamagan hali!