“Morgan Stanley” tahlilchisi Adam Jonas Ilon Mask tez orada “SpaceX” tufayli trillionerga aylanishi mumkinligini ma’lum qildi.
Mask shu yilning boshida Tesla kompaniyasining katta qismi tufayli Amazon kompaniya asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirgan holda, dunyoning eng boy insoniga aylandi.
Tahlilchining fikricha, “SpaceX” kosmik sohasidagi biznesi 200 milliard dollarga baholanmoqda. Natijada, Mask dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, hozirda Ilon Maskning umumiy boyligi 241,4 milliard dollarga baholanmoqda.
Oktyabr oyi boshida “SpaceX” narxi 100 milliard dollardan oshdi va dunyodagi ikkinchi eng qimmat xususiy kompaniyasiga aylandi.
Izohlarni ko`rish