2021 yilning aprelida 95 yoshni qarshilagan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Angliyaning The Oldie jurnali tomonidan topshiriladigan «Yil kampiri» mukofotini olishdan bosh tortdi. Qirolicha ushbu mukofot uchun o’zini juda yosh his qilishini aytgan. Bu haqda mukofot raisi Jayls Brandresga tayanib, Esquire xabar berdi.
Mukofot 29 yildan buyon «jamoatchilik hayotiga alohida hissa qo’shgan shaxslarga» topshirib kelinadi. 2021 yilda mukofotga Yelizaveta II pandemiyaga qarshi kurashishdagi roli, shuningdek, 2022 yilning iyunida qirolichaning taxtga o’tirganiga 70 yil to’lishi munosabati bilan nishonlanadigan «platina yubileyi» sabab loyiq ko’rilgan.
Bu kabi e’tirofga Elizaveta II ning vakillari javob qaytargan: «Hazrati oliyalari inson o’zini qanday his qilsa, shuncha yoshda ekaniga ishonadi va shu sababli qirolicha mukofotni olishdagi zarur mezonlarga o’zini mos keladi deb hisoblamaydi, unga munosib sovrindor topishlaringizga umid qilib qoladi».
2011 yilda The Oldie jurnali Yelizaveta II ning turmush o’rtog’i Edinburg gersogi Filippga «Yilning eng yaxshi turmush o’rtog’i» mukofotini topshirgan edi. O’shanda shahzodaning shaxsan o’zi marosimga tashrif buyura olmagan, ammo mukofot tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirgandi.
Avvalroq Qirolicha Yelizaveta II ga shifokorlar spirtli ichimliklardan voz kechishni tavsiya qilgani to’g’risida xabar berilgandi.