Bilasizmi, inson yuzini 44 ta muskullar tashkil etib, ular 5000 ga yaqin yuz ifodalarini namoyon qiladi va bularning asosini tabassum tashkil etadi.
– Tabassum sizni baxtli qiladi (hatto yomon kayfiyatda bo’lganingizda ham). Xursand bo’lganingizda esa, inson tanasi endorfin deb nomlanuvchi moddani ishlab chiqaradi va ular kayfiyatingizni ko’taradi.
– Tabassum sizni yanada maftunkor qiladi. Xo’mrayish insonlarni o’zidan qochiradi, tabassum esa o’ziga tortadi.
– Tabassum stress holatidan chiqishga yordam beradi, hayajonni bosadi va salomatlikka ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
– Uyquni yaxshilashga ham yordam beradi.
«Sog’lom hayot»
Izohlarni ko`rish