Eronning Tehron shahrida taekvondo bo’yicha klublar o’rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi. Bu haqda O’zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Dastlabki kunda qizlar g’olib va sovrindorlarni aniqlab olishdi. Unda O’zbekiston terma jamoasi a’zolari uchta medalni qo’lga kiritishdi.
Xususan, Feruza Sadikova oltin, Charos Qayumova hamda Svetlana Osipova bronza medaliga ega chiqishdi.
O’zbekiston ayollar terma jamoasi ushbu musobaqada to’rtinchi o’rinni egalladi.
Ertaga, 5 mart kuni erkaklar o’rtasidagi bahslar o’tkaziladi.
Izohlarni ko`rish