2006 yil yanvar oyida Nyu-Yorkda taniqli psixiatrning patsienti, har kuni tushiga kirayotgan bir kishining rasmini chizib berdi. Aytishicha, bu odam unga shaxsiy hayoti haqida maslahatlar bergan. U bu odamni hayotida hech qachon ko’rmaganligini aytib, qasam ichdi. Rasm psixiatrning ish stolida bir necha kun – to boshqa bemor kelib yana shu kishi haqida gapirmaguncha e’tiborsiz qoldirildi. U ham uni ko’rmagan, tanimaydi. Shunda psixiatr, boshqa hamkasblariga ham bu rasmni yuborishni va uyqusida muammo bor odamlarning so’rovnomasida bu odam haqida so’rashlarini takidladi. Bir necha oy ichida to’rtta odam bu odamni tushida ko’rishini aytib o’tgan. Hamma uni BU ODAM deb atagan.
2006 yilning yanvar oyidan boshlab to shu kungacha bu odamni turli joylarda qariyb 2000 ga yaqin odam ko’rgan emish: Los Anjeles, Berlin, San Paulo, Tehron, Rim, Barselona, Stokgolm, Parij, Dehli, Moskva…
Siz ham uni tushingizda ko’rganmisiz?