KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

— Menga qara, bizning eng faol yo’l patrul xizmati xodimimiz qani?

— Ishda yonib ketibdi?

— Qanaqasiga?

— Ajdarning mashinasini to’xtatib, ichgan-ichmaganini tekshirish uchun puflatgan ekan.

 

* * *

 

Sichqon iniga hammayog’i tirnalgan holda kirib keldi-da, qarindoshlariga dedi:

— Qora mushukning baxtsizlik keltirishiga mana endi ishondim.

 

* * *

 

Oila davrasida. Ota divanda o’tirib gazeta o’qiyapti. Ona nuqul qo’liga tikilish bilan band. O’g’il televizor tomosha qilyapti.

Ona:

— Negadir chap kaftim qichishyapti-da!

O’g’il:

— Pul tushadi.

Ota:

— Bekorlarni aytibsan! Bir tiyin ham bermayman!

 

* * *

 

Sudya sudlanuvchiga dedi:

— Siz bilan mana shu zalda yigirma yildan beri uchrashganimiz uchrashgan. Shu yillar orasida siz allaqachon tuzalishingiz mumkin edi.

— Ha, siz ham shuncha yil ichida hech bo’lmaganda sud raisi lavozimini egallashingiz mumkin edi.

 

* * *

 

Nevara hovlida halinchak uchayotgan qari bobosidan so’radi:

— Bobo, nima qilyapsiz? Yiqilib tushasiz-ku! Sizga nima bo’ldi o’zi?

— E, do’xtir menga ko’proq harakat qiling degandi!

 

* * *

 

— Chukcha tuxumni qanday qovuradi?

— Dazmolni olib xona burchagiga qo’yadi. Ustiga qozoncha o’rnatadi. O’zi uzoqdan turib tuxumni devorga qarab otadi. Tuxum devorga urilib qozonchaga tushadi. Qarabsanki, tushlik tayyor.

 

* * *

 

— Agar sizga ko’z qisib qarashayotganini sezsangiz, bilingki, siz Xitoydasiz.

 

* * *

 

Agar oldingizdan qora toshbaqa o’tib ketsa, yurishga sirayam shoshilmang!

 

* * *

 

— Agar xotiningizga erinibgina xiyonat qilayotgan bo’lsangiz, bilingki, uni haqiqatan sevasiz.

 

* * *

 

Agar yo’lda sizga notanish ayol kulib qarasa, tezda u yoq-bu yog’ingizga ko’z tashlab oling!