Mazkur turdagi amaliyot Respublika ixtisoslashtirilgan ko’z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaz, markaz filial oftalmologlari tomonidan hamkorlikda amalga oshirildi.
—O’ylab qaraydigan bo’lsak, lazer jarrohlik amaliyoti ham, ko’z sohasida amalga oshirilayotgan boshqa amaliyotlar kabi o’ta murakkab hisoblanib, ko’z to’r parda ko’chishi, shishasimon tana va to’r pardaga qon quyilishi kabi holatlarni oldini olishda, nihoyatda qo’l keladi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan ko’z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali direktori, oliy toifali, oftalmolog shifokori Rasul Karimov. — Biroq, ushbu turdagi, lazer jarrohlik amaliyotidan so’ng, ko’zning ko’rish o’tkirligi birdaniga yaxshilanmaydi. Ammo, lekin, yaxshi bo’lish uchun, ma’lum bir vaqt mobaynida buyurilgan dorilardan o’z vaqtida foydalanilib turishga, ba’zi bir cheklovlarga rioya etishga to’g’ri keladi.
Buning uchun, eng avvalo, issiq hammom va saunaga tushmaslik, spirtli ichimliklar qabul qilmaslik, 3 kg dan oshiq yuk ko’tarmaslik, jismoniy zo’riqish va sport bilan shug’ullanmaslik, boshni tezkor harakatlantirmaslik, kompyuter, telefon va televizor ko’rishdan cheklanish, gaz plitasi, tandir, o’choq va issiq pechlar oldiga yaqinlashishdan ehtiyot bo’lish lozim. Ana shundagina, lazer jarrohlik amaliyotdan keyingi asoratlar xavfi va tiklanish davri qisqaradi.
Ushbu turdagi, lazer jarrohlik amaliyoti Sirdaryoda ko’z to’r pardasida muammosi bor, yuqori texnologik amaliyotga muhtoj bo’lgan, 25 nafar fuqaroda muvaffaqiyatli o’tkazildi.
Bu esa sirdaryoliklar uchun kutilmagan yangilik bo’lib qolmay, turli ovoragarchilik, sarsongarchiliklarni oldi olinishga xizmat qiladi.
G’ulom Primov,
Sirdaryo viloyat
Sog’liqni saqlash boshqarmasi
matbuot kotibi.