Shotlandiyalik ayol o'z singlisini dunyoga keltirdi

Shotlandiyaning Inverness shahrida istiqomat qiluvchi ayol o’z onasi uchun farzand, ya’ni o’z singlisini dunyoga keltirdi. Bu haqda Daily Record xabar bermoqda.

25 yoshli Xolli Sammers 49 yoshli onasi Fey uchun homilador bo’lgan. Fey va Sammersning 46 yoshli o’gay otasi Endryu ko’p yillar davomida farzandli bo’lishni orzu qilgan, ammo Fey homilador bo’la olmagan.

Ular Sammersga surrogat ona bo’lishni taklif qilishdi.

Natijada Xolli qiz farzand dunyoga keltirdi. Uning Arven ismli uch yoshli qizi ham bor.