Ekspert odamlar qaysi valyutadan uzoqroq yurishi kerakligini aytdi

Ekspert RIA Novosti bilan suhbatda, qaysi valyutalarga investitsiya kiritishdan uzoq bo’lish kerakligi haqida gapirdi.

«aSaxo Bank»ning valyuta bo’yicha bosh strategi Jon Xardi fikricha, odamlar uzoqroq bo’lishlari kerak bo’lgan valyuta bu amerika dollari va yapon ienasidir.

«Eng afzal pozitsiya bu AQSh dollari va yapon ienasidan uzoqlashish va rivojlanayotgan mamlakatlar valyutalariga e’tibor qaratish», dedi Xardi. Shunday valyutalar orasida u rus rublini misol tariqasida keltirdi.

«Russ-Invest» IK bosh direktori Aleksandr Bыchkov «rublning uzoq muddatli istiqbollariga ishonmaydigan va avvalgidek, valyutani ma’qul ko’radigan odamlarga yoki faqat yevro, yoki dollar va yevroni teng proporsiyalarda xarid qilishni» maslahat berdi.

Umuman olganda, ekspertlar fikricha, global iqtisod 2021 yilda qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, biroq, bank sohasida jahon miqyosida inqirozni kutish, ehtimol, kerak emas.