Shomurodov ota bo'ldi

O’zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning «Jenoa» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov ota bo’ldi.

Bu haqda “Rostov”ning Instagramdagi rasmiy kanalida xabar berildi.

16 dekabr kuni Shomurodov va uning rafiqasi Omina o’g’il farzandli bo’lishgan.

«Rostov» futbol klubi yosh ota-onalarni chin yurakdan tabriklaydi va chaqaloqqa sog’liq tilaydi», deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o’tamiz, Shomurodov 1 oktyabr kuni 7,5 million yevro evaziga “Rostov”dan “Jenoa”ga ko’chib o’tdi.