Saraton kasalligiga qarshi dori vositasi muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o'tkazildi

Virjiniyaning Texnologiya universiteti olimlari saraton kasalligiga qarshi yangi istiqbolli davo vositasini topishdi.

MRTX1719 deb nomlangan dori vositasi genetik o’zgarishlarga ega bo’lgan saraton hujayralariga ta’sir ko’rsatadi. Bunday mutatsiyalar nazoratsiz hujayra o’sishiga olib kelishi mumkin, ammo MRTX1719 saratonni bartaraf etish uchun bu zaiflikdan foydalanadi.

Olimlarning aniqlik kiritishicha, yangi dori PRMT5 fermentiga qaratilgan dorilar sinfining yangilangan namunasidir. Biroq MRTX1719 dori vositasi PRMT5 oqsilining ma’lum bir qismiga CDKN2A/MTAP genini qayta tashkil etish bilan saraton hujayralariga bog’lanadi.

Klinik tadqiqotlar MTAP geniga ega bo’lmagan saratonning ayrim turlari, melanoma, o’t pufagi saratoni, mezotelioma, o’pka saratoniga chalingan va periferik nerv qobig’ida zararli shish yuzaga kelgan bemorlarga ijobiy ta’sir ko’rsatdi, deb xabar beradi lenta.ru.