Balikesirda ilk bor «Zihnilatif» – turkiy davlatlar xalqaro fortepiano tanlovi bo'lib o'tadi

Balikesirning ilk nufuzli fortepiano festivali Zihnilatif Turkiy Davlatlar Xalqaro Pianino musobaqasi uchun murojatnomalar qabul qilish 2023 yilning 1 sentyabridan boshlandi.

 

Loyiha rahbari Zihnilatif uyushmasi bo’lgan xalqaro tadbirda, Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi; Balikesir shahar hokimiyati, Balikesir universiteti hamda Balikesir shahar kengashi kabi yirik muassasalardan tashqari, Turkiyaning yetakchi Do-Re Music markalari birlashdi.

 

Madaniyat va turizm vazirligi ko’magida yetishib chiqqan mashhur turk pianinochisi Go’khan Aybulusning hakamlar hay’ati raisligida tashkil etilgan tanlov tashkilotchisi Zihnilatif, iqtidorli bolalarni aniqlash va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan uyushma bo’lib, shu kungacha ko’plab tadbirlar va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

 

Andrey Pisarev, Gerbert Shux, Murod Adiguzelzade, Gulnora Aziz, Bashar Jan Kivrak va Jem Babajanlardan iborat nufuzli hakamlar hay’atining o’z sahna chiqishlari hamda Balikesirlik yosh musiqachilar bilan o’tkazadigan mahorat darslari Balikesirning badiiy hayotiga mazmun baxsh etadi.

 

Festivalning ochilish va yopilish marosimlari Tarik Tal va Artun Hoinich boshchiligida Balikesir madaniyat orkestri tomonidan dunyoga mashhur bastalarni musiqa ixlosmandlari e’tiboriga havola etadi.

 

Joriy yilning 11-14 dekabr kunlari Balikesir AVLU madaniyat markazida bo’lib o’tadigan tanlov va festivalga Turk dunyosining barcha davlatlaridan yosh pianinochilar ariza topshirishlari kutilmoqda. Tanlovda dunyoga mashhur pianinochilar qarshisida bellashadigan yosh musiqachilarning xalqaro miqyosda tajriba orttirib, dunyoning barcha konsert zallari uchun musiqiy jihatdan yanada tajribali va kuchliroq bo’lishlari ko’zda tutilgan.