Samolyotda chaqaloq tug'ildi

25 noyabr kuni Sankt-Peterburgdan Namanganga uchayotgan Airbus A320 samolyoti bortida chaqaloq tug’ildi. Bu haqda AviaChatChannel Telegram-kanalida xabar berildi.

Tug’ilish munosabati bilan samolyot Nijniy Novgoroddagi Chkalov aeroportiga zudlik bilan qo’nishga majbur bo’ldi. Tug’ilish muvaffaqiyatli o’tdi: onaning ham, chaqaloqning ham ahvoli yaxshi, deydi shifokorlar.

Voqea tafsilotlari aniqlanmoqda.