Yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlab, e’lon qilib borayotgan Globe Soccer Awards bu safar ham o’z talqiniga ko’ra sovrin uchun nomzod o’yinchilar ro’yxatini tuzdi.
Sovrin uchun da’vogarlar ro’yxatida Janluiji Donnarumma, Markinos, Neymar, Killian Mbappe, Marko Verratti, Lionel Messi (barchasi – «PSJ»), Sesar Aspilikueta, Jorjino, Ngolo Kante, Romelu Lukaku (barchasi – «Chelsi»), Yozua Kimmix, Tomas Myuller, Robert Levandovski (uchalasi – «Bavariya»), Brunu Fernandesh, Krishtianu Ronaldu (ikkisi – «MYu»), Kevin de Bryuyne, Ruben Diash (ikkisi – «Man Siti»), Karim Benzema («Real»), Federiko Kyeza («Yuventus»), Erling Holand («Borussiya» Dortmund), Harri Keyn («Tottenhem») va Muhammad Saloh («Liverpul») singari o’yinchilar joy olgan.
G’olib Globe Soccer Award so’rovnomasi orqali aniqlanadi. Hozircha ovoz berish jarayonida 32% foiz ovoz bilan Krishtianu Ronaldu peshqadamlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ronaldu Globe Soccer Awards talqiniga ko’ra, rekord – 6 marta ushbu sovringa ega chiqqan.