“Manchester Yunayted” yangi murabbiy borasida bir qarorga keldi

Moskvaning “Lokomotiv” klubi sport va rivojlanish bo’yicha rahbari Ralf Rangnik faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

The Athletic xabariga ko’ra, 63 yoshli mutaxassis “Manchester Yunayted”ni boshqarishga rozilik bergan. Tomonlar 6 oylik shartnoma imzolaydi. Keyin esa mutaxassis “Yunayted” bilan yana 2 yillik bitim imzolab, maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi.

Manchester Evening News’ga ko’ra, Rangnik avvaliga mankunianlar taklifini rad etgan, biroq yaxshilangan ikkinchi taklifdan keyin rozilik bergan. Ayni damda “temiryo’lchilar” bilan shartnomani bekor qilish borasida muzokaralar davom etmoqda.

Ralf Rangnik “Leypsig”dagi faoliyati orqali futbol olamiga tanilgan.