image0

AQSHning Ogayo shtatida 1970 yillarning oxiridan beri qayerda ekanligi sir bo‘lib qolayotgan juda kam uchraydigan tanga 500 ming dollardan sal ko‘proqqa sotildi. Bu haqda “Associated Press News” xabar berdi.

Ushbu noyob tanga 1975 yilda San-Fransiskodagi AQSH zarbxonasi tomonidan zarb qilingan. Tangada Qo‘shma Shtatalarning 1933-1945 yillardagi 32-prezidenti Franklin Delano Ruzvelt tasvirlangan va u o‘ziga xos “S” zarb belgisisiz mavjud bo‘lgan ikkita tangadan biridir.

40 yildan ortiq vaqt davomida bank kassasida saqlangan tarixiy numizmatika ashyosi Ogayo shtati yashovchi uch opa-singilga akasi vafotidan so‘ng meros qolgan. Kaliforniyaning Irvayn shahrida joylashgan “Great Collections” auksion uyi rahbari Ien Rassellning so‘zlariga ko‘ra, tanga 27 oktyabr kuni yakunlangan onlayn kimoshdi savdosida 506 ming 250 dollarga sotilgan.

Rassellning so‘zlariga ko‘ra, opa-singillar unga o‘sha ikki tangadan birini meros qilib olganini aytgan, lekin ularning akasi va onasi 1978 yilda topilgan birinchi tangani 18 ming 200 dollarga sotib olgan, bu bugungi kunda taxminan 90 ming dollarni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Titanik” kemasi yo‘lovchilaridan biri – amerikalik millioner Jon Jeykob Astorga tegishli oltin Waltham cho‘ntak soati kimoshdi savdosida rekord darajadagi narxga – 1,175 million funt sterlingga (1,48 million dollar) sotilgandi. Eng yuqori narx taklifi AQSHdan kelgan kollektor bo‘ldi, uning nomi oshkor etilmagan. Angliyaning Uilshir shahridagi auksion uyiga ko‘ra, savdo Astor soatini kimoshdi savdosiga qo‘yilgan eng qimmat “Titanik” yodgorliklariga aylantiradi. Qayd etilishicha, bu unvon avvallari tabiiy ofat paytida chalingan skripkaga tegishli bo‘lgan: bu cholg‘u asbobi 2013 yilda xuddi shu auksion uyida 1,1 million funt sterlingga sotilgan.