image0

O‘zbekistondan doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘istonga ketgan (82,4 foiz). Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Xususan, 9 oy davomida mamlakatdan ko‘chganlar soni quyidagicha:

  • Qozog‘istonga – 6903 kishi;
  • Rossiyaga – 1193 kishi;
  • Qirg‘izistonga – 49 kishi;
  • Janubiy Koreyaga – 60 kishi;
  • Turkmanistonga – 30 kishi;
  • boshqa mamlakatlarga – 139 kishi.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistondan 14 ming 666 kishi chet elga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgandi. O‘shanda ham eng ko‘p ko‘chish Qozog‘istonga (11 ming 921 kishi) to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatga o‘qishga ketayotgani haqida xabar berilgandi. 2024 yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 602 nafarga yoki 2,4 foizga oshgan.