Statistika ma’lumotlariga ko’ra, yer yuzida yo’l-transport hodisalarining har beshtadan bittasi harakatlanish vaqtida haydovchining uyqusirashi yoki uxlab qolishi sababli sodir bo’ladi.
Quyida siz rulda uxlab qolishingiz mumkinligidan darak beradigan bir nechta belgilar keltirilgan.
Siz ko’zingiz yumilayotgan lahzani his qilasiz
Ko’z yumilish jarayoni odatdagi holatda juda tez va mutlaqo sezilarsiz yuz beradi. Lekin bu jarayon tezda uxlab qolishingizdan va mashinani to’xtatishingiz kerakligidan darak beradi.
Sizga ko’rish qobiliyatingiz pand beradi
Yo’ldagi narsalarning farqiga bormay qolasiz: siz bir tasvirni ko’rasiz, lekin harakat davomida u o’zgaradi yoki umuman yo’qoladi. Bu, ko’zingiz hali ham atrofdagi ma’lumotlarni qayd qilayotganini, lekin miya uni qabul qiladigan ahvolda emasligini, ya’ni uyquga ketayotganini bildiradi.
Sizning ko’rish qobiliyatingiz
Ilgari siz nigohingizni yo’ldan mashina asboblari ko’rsatkichlariga oson o’tkazgansiz. Uxlay boshlashingiz bilan esa ko’zlaringiz yangi sharoitga tez moslasha olmay qoladi va asboblarning hamma ko’rsatkichlarini ilg’ashingiz qiyin bo’ladi.
Miyangiz yalqovlik qila boshlaydi
Uzoq yo’l, sokin musiqa. Ruldagi odam biron bir narsani o’ylab ko’rish, qaror qilish, hatto gaplashishga ham erinib qoladi. Harakatlanish vaqtida har doim gaplashib ketish kerak, iloji boricha hayajonli mavzularda. Miya ishlashi, «uxlab qolmasligi» uchun doimiy ravishda unga tinchlik bermaslik kerak.
Siz mayda harakat qoidalarini buzishga yo’l qo’yasiz
Siz yo’l belgisini payqamay qoldingizmi? Bir-ikki marta yaqin masofa yoritgichini yoqishga ulgurolmadingizmi? Demak, miya asta-sekinlik bilan «uyquga ketayapti».
Manba: «Xitrosti jizni»