Qayd etilishicha, Rossiyadan O’zbekistonga qaytish istagida bo’lgan fuqarolarga pandemiya davrida qulaylik yaratish maqsadida «O’zbekiston temir yo’llari» AJ tomonidan «Voljskiy-Toshkent» yo’nalishida 4ta maxsus reys rejalashtirilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, poezdlar 22, 25, 29 oktyabr hamda 1 noyabr kunlari soat 20:57da «Voljskiy-Toshkent» yo’nalishida harakatini amalga oshiradi.
Ushbu reyslarga faqat bir tomonga, ya’ni «Voljskiy-Toshkent» yo’nalishiga chiptalar sotiladi.
Rossiyadagi fuqarolarning yaqinlari O’zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan e-ticket.railway.uz orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, jo’natishlari ham mumkin, deyiladi ma’lumotda.
Izohlarni ko`rish