image0

Joriy yil boshida O‘zbekiston oziq-ovqat narxlari indeksi bo‘yicha dunyoda 139 ta mamlakat orasida 18-o‘rinni egalladi. Mamlakat uchun indeks qiymati 26,6 ni tashkil etdi. Bu haqda “Numbeo” tomonidan tuzilgan statistikada keltirilgan.

Oziq-ovqat narxlari indeksi turli davlatlardagi iste’mol savatchasi nisbiy qiymatini aks ettiradi va Nyu-Yorkdagi narxlarni 100 foiz deb oladi. Natijada indeks qancha past bo‘lsa, mamlakatda mahsulotlar shunchalik arzon bo‘ladi va yoki aksincha.

O‘zbekiston uchun indeks 26,6 ga teng, ya’ni mamlakatdagi oziq-ovqat mahsulotlari Nyu-Yorkdagidan o‘rtacha 73,4 foiz arzon.

Dunyodagi eng “arzon” davlatlar qatoriga Pokiston, Afg‘oniston, Misr, Eron va Madagaskar kirgan. Eng “qimmat” davlatlar esa Virjiniya orollari, Shveysariya va Islandiya bo‘lib qolmoqda.

MDH davlatlari orasida O‘zbekistondan yuqoriroq o‘rinlarni Belarus va Ukraina egallagan, ya’ni ushbu davlatlarda oziq-ovqat narxlari O‘zbekistonga qaraganda pastroq. Biroq Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Moldova va Armanistonda mahsulotlar O‘zbekistonga qaraganda qimmatroq.

O‘zbekiston oziq-ovqat eng arzon davlatlar yigirmaligiga kirdi1

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Numbeo” portali tomonidan 2025 yil uchun restoran narxlari indeksi bo‘yicha tuzilgan reytingda O‘zbekiston dunyodagi 139 mamlakat orasida 17-o‘rinni egallagan edi. Bunda ham MDH davlatlari orasida eng arzon restoran xizmatlari O‘zbekistonda ekani aniqlangan.