Rossiyadagi eng qadimiy masjid 2022 yilgacha qayta tiklanadi

Dog’istonning Derbent shahrida joylashgan VIII asrga tegishli “Juma” masjidini qayta tiklash ishlari 2022 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

U Rossiyadagi eng keksa masjid bo’lib, ayni paytda restavratorlar tomonidan ishning dastlabki bosqichida aniqlangan bir qator xususiyatlar hisobga olingan holda tayyorlangan loyiha yakunlanmoqda.

Bu haqda Derbent muzey-qo’riqxonasi direktori Viktor Chesnokov aytib o’tdi.

Masjidni tiklash 2019 yilda boshlangan bo’lib, ma’lumotlarga ko’ra, ish uchun ajratilgan mablag’ miqdori 300 million rubldan oshadi.

«Biz ushbu ishning 2022 yilda yakunlanishini kutmoqdamiz. Qayta tiklash jarayonlari davom etmoqda. Ishni Tataristonning ishiga professional yondoshadigan kompaniyasi bajarmoqda, barcha jarayon juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi», – dedi Chesnokov.